Karyerangizni oshiring
Veb-Xavfsizlik Akademiyasi kiberxavfsizlik sohasida karyera sari kuchli qadamdir.
Moslashuvchan ta'lim
Bepul interaktiv laboratoriyalar va ta'lim jarayonini kuzatish orqali istalgan joyda, istalgan vaqtda o'rganing.
Mutaxassislardan o'rganish
The Web Application Hacker's Handbook muallifi boshchiligidagi xalqaro darajasidagi jamoa tomonidan ishlab chiqilgan.
O'quv materiallari va labaratoriyalar
So'nggi qo'shilganlar
Tavsiya etilganlar
Eng so'ngi o'quv resurslari
Veb Xavfsizlik Akademiyasi veb-ilovalar xavfsizligi bo'yicha bepul onlayn o'quv markazdir. Unda PortSwiggerning ichki tadqiqot guruhi, tajribali akademiklar va The Web Application Hacker's Handbook muallifi hisoblangan bizning bosh Swiggerimiz Dafydd Stuttardning kontenti mavjud.
Darslikdan farqli o'laroq, Akademiya doimiy ravishda yangilanadi. Shuningdek, u interaktiv laboratoriyalarni o'z ichiga oladi, unda siz o'rgangan narsalaringizni sinab ko'rishingiz mumkin. Agar xakerlik bo'yicha bilimingizni oshirmoqchi bo'lsangiz yoki bug bounter yoki pentester bo'lishni istasangiz to'g'ri joydasiz.
Xavsizlik zaifliklari haqida o'rganish

Professionallar kabi hackerlik amaliyoti

Interaktiv labaratoriyalarimizda o'zingizni sinab ko'ring

Jarayoningizni kuzating

Qiziqishingizni qondiring - xavfsiz va qonuniy
Biz Burp Suite-ni veb-xavfsizlik sinovlari uchun yetakchi dasturga aylantiramiz. Va biz o'z foydalanuvchilarimizni yaxshi ko'ramiz (chunki aynan ular Burp Suiteni bugungi holatiga olib kelgan). Shuning uchun biz Web Xavfsizlik Akademiyasini yaratdik. Akademiyaning 100% bepul ekanligining sababi ham shu.
Web Security Academy (Veb-xavfsizlik Akademiyasi) veb-xavfsizlikni xavfsiz va qonuniy yo'l bilan o'rganishni xohlagan har bir kishiga yordam berish uchun yaratilgan. Siz barcha materiallardan (bepul) foydalanishingiz va hisob qaydnomasi yaratish orqali o'z yutuqlaringizni kuzatib borishingiz mumkin. Qo'shimcha ma'lumot olish uchun iltimos, yon panelga qarang.

Professional kabi xakerlik qiling
Veb-xavfsizlik va axloqiy xakerlik (ethical hacking) daromadli kasblar hisoblanadi, ammo ko'pincha ular qorong'u va sirli soha sifatida qabul qilinadi. Web Security Academy bu stereotipni yo'q qiladi. Biz ilovalar xavfsizligi bo'yicha eng so'nggi bilimlarni hamma uchun ochiq qilamiz.
Interaktiv laboratoriyalarimizning ayrimlari muammolarni hal qilish uchun maxsus vositalardan foydalanishni talab qiladi. Ammo xavotir olmang. Agar Burp Suite Professional dasturiga ega bo'lmasangiz, Burp Suite Community Edition yordamida bepul tajriba o'tkazishingiz mumkin. Burp Suite'ni shu yerdan yuklab oling.

Robotlar uchun emas insonlar uchun yaratilgan veb-xavfsizlik treningi.
Keling, ochiqchasiga gaplashaylik: ba'zi onlayn veb-ilova treninglari biroz zerikarli. Axir, xakerlik qiziqarli bo'lishi kerak, shunday emasmi? Biz shunday deb hisoblaymiz. Shuning uchun veb-xavfsizlik treninglarimizni to'liq interaktiv yondashuv asosida loyihalashtirdik.
Akademiyadagi har bir mavzu matn orqali batafsil tushuntiriladi, lekin ularning aksariyatida asosiy jihatlarni umumlashtiruvchi video materiallar ham mavjud. Shundan keyin interaktiv laboratoriyalarni topasiz — bu sizning xakerlik mahoratingizni sinash uchun mo'ljallangan realistik jumboqlardir. Bu mashg'ulotlar haqiqiy hayotdagi kiberxavfsizlik holatlariga to'g'ridan-to'g'ri mos keladi.

Yutuqlaringizni kuzatib boring va ajoyib sovg'alar yutib oling
Biz laboratoriyalarni qiziqarli bo'lishi uchun ishlab chiqdik, lekin bu ular oson degani emas (chunki qiyinchiliksiz qiziqish bo'larmidi, to'g'rimi?). Web Security Academyda biz raqobatni yaxshi ko'ramiz — shuning uchun Hall of Fame (Faxriylar doskasi) yaratish g'oyasini o'ylab topdik.
Har safar yangi laboratoriya chiqarilganda, biz uni Twitter da e'lon qilamiz. Ushbu laboratoriyani birinchi bo'lib yechgan foydalanuvchilar Burp Suite sovg'alarini qo'lga kiritishadi va ularning ismlari Hall of Fame ro'yxatiga kiritiladi, bu barchaga ko'rinadi. Albatta, agar xohlasangiz, anonim qolishingiz ham mumkin.


